
“Barselona” himoyachisi Ektor Beleringa futbolchilarning jamiyatdan tobora uzoqlashib borayotgani yoqmayapti.
"Biz odamgarchilikdan uzoqlashdik. Futbolchiga bitta mashina etarli emas, unga 10 ta mashina kerak. Har kuni futbolchilar muxlislardan uzoqlashib, butun jamiyatdan uzoqlashmoqda. Bu menga yoqmayapti", - dedi Belerin Ara bilan suhbatda.
27 yoshli Ektor Belerin 2022/2023 yilgi mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar 0