«Barselona» yarim himoyachisi Serxio Busketsning klub bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Jamoa bosh murabbiyi Xavi uni "Barsa"da olib qolishni istamoqda. Rahbariyat 34 yoshli futbolchiga maoshi hozirgiga nisbatan kamroq bo'lgan shartnoma taklif qilmoqda. Ammo Buskets bu taklifga rozi bo'lmayapti. Boisi, unga MLSdan yaxshi takliflar bor.Busketsning hozirgi yillik maoshi 20 million evroni tashkil qiladi.