"Aston Villa"ning hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutino yanvar oyida uyiga qaytishi mumkin.

30 yoshli futbolchi mavsumni og'ir o'tkazmoqda va bu uning Braziliyaga qaytishi haqidagi mish-mishlarga sabab bo'ldi. "Korintians" klubi Koutinoga qiziqish bildirgan, biroq futbolchining o'zi bu mish-mishlarni rad etgan edi.

Daily Mail xabariga ko'ra, "Korintians" haligacha "Liverpul"ning sobiq yulduzi va Braziliya terma jamoasi futbolchisini o'z safiga qo'shib olishdan umidvor.

Filippe Koutino joriy mavsumda Premer-liganing 15 o'yinida maydonga tushib gol ura olmadi.