Ispaniya milliy jamoa­si JCh-2022da katta omadsizlikka uchragani o'z-o'zidan tushunarli.

 Har holda, «qizil furiya» ko'pchilik nazdida g'oliblik uchun asosiy da'vogarlardan biri edi. Lekin ispan futboli Qatarda o'z so'zini aytdi, baribir. Diqqat qiling, Ispaniya La Ligasida o'ynayotgan naq 10 nafar futbolchi Argentina terma jamoasi tarkibida chempionlikka erishdi. E'tiborlisi, «albiselest» safida boshqa biror ligadan buncha ko'p vakil yo'q.

Oddiy aytganda, jahon kubogiga ega chiqqan Argentina termasi safida eng ko'p vakil Ispaniya chempionatidan - 10 nafar. Taqqoslash uchun aytsak, Lionel Skaloni dunyo futboli reytingida 1-o'rinda turuvchi APLdan 5 nafar futbolchi olgandi. Eng qizig'i, chempion jamoa «zayavka»sida Argentina milliy chempionatidan birgina futbolchi joy olgandi - Franko Armani («River Pleyt»). Biroq u Qatarda maydonga tushgani yo'q. 

Argentina terma jamoasi bilan chempionlikka erishgan futbolchilarning  milliy ligalar bo'yicha kesimi

La Liga (Ispaniya) - 10 nafar

Xeronimo Ruli («Vilyarreal»)

Xuan Foyt («Vilyarreal»)

Xerman Pesselya («Betis»)

Gido Rodriges («Betis»)

Gonsalo Montiel («Sevilya»)

Markos Akunya («Sevilya»)

Papu Gomes («Sevilya»)

Nouel Molina («Atletiko»)

Rodrigo de Paul («Atletiko»)

Anxel Korrea («Atletiko»)

APL (Angliya) - 5 nafar

Emiliano Martines («Aston Villa»)

Kristian Romero («Tottenxem»)

Lisandro Martines («MYu»)

Aleksis MakAllister («Brayton»)

Xulian Alvares («Manchester Siti»)

«A» seriya (Italiya) - 4 nafar

Paulo Dibala («Roma»)

Lautaro Martines («Inter»)

Anxel di Mariya  («Yuventus»)

Leandro Paredes («Yuventus»)

Liga 1 (Frantsiya) - 2 nafar

Nikolas Talyafiko («Lion»)

Lionel Messi («PSJ»)

Primero (Portugaliya) - 2 nafar 

Nikolas Otamendi («Benfika»)

Entso Fernandes («Benfika»).

Bundesliga (Germaniya) - 1 nafar

Ezekiel Palasios («Bayer»)

MLS (AQSh) - 1 nafar

Tyago Almada («Atlanta Yunayted»)

Primera-divizion (Argentina) - 

1 nafar 

Franko Armani («River Pleyt»)

GRIZMANN ETAKChI 

Frantsiya termasi bilan finalda mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan Antuan Grizmann bitta statistik ko'rsatkich bo'yicha Lionel Messini ortda qoldirdi. Gap raqib jamoalar jarima maydoni ichida yuzaga keltirilgan xavfli vaziyatlar haqida ketmoqda. Umuman, bu borada Grizmann (22ta) va Messi (21ta) qolganlardan yaqqol oldindalar.

«PSJ» RAQOBATDAN XOLI

Statistik raqamlarda keltirilishicha, JCh-2022da eng ko'p gol «PSJ» klubi futbolchilari hisobiga yozildi - 18ta. E'tiborlisi, shundan 15tasi ikki futbolchiga tegishli - Kilian Mbappe (8ta) va Lionel Messi (7ta). Klublar orasida ikkinchi yaxshi natija «Manchester Siti» va «Barselona»da - 8tadan gol.

JCh-2022: futbolchilari eng ko'p  gol urgan klublar

«PSJ» - 18ta

«Barselona» - 8ta

«Manchester Siti» - 8ta

«Milan» - 7ta

«MYu», «Chelsi», «Tottenxem» - 6tadan