
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi Ispaniya chempionatida yubiley uchrashuvini o'tkazdi.
Madridda "Atletiko"ga qarshi o'tkazilgan o'yin futbolchi uchun La ligadagi 50-jangdir. Opta xabariga ko'ra, 18 yoshu 156 kunlik Gavi La Ligada asr boshidan buyon 50 o'yinda harakat ikkinchi eng yosh futbolchidir. Peshqadamlik Iker Muniainda qolmoqda, u 18 yoshu 77 kunligida 50-uchrashuvini o'tkazgan edi.
Gavi Ispaniya oliy divizionida 2021 yilning avgustida Ronald Kuman qo'l ostida debyut qilgan. Yarim himoyachi La Liganing 50ta o'yinida 2ta gol va 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar 0