"Leyptsig" futbolchisi Dani Olmo o'zi tarbiya topgan "Barselona" haqida fikr bildirdi.

"Yoshligimda olti yil o'ynadim. "Barselona" har doim mening uyim bo'lib qoladi. U erda terma jamoadagi ko'plab do'stlarim o'ynashadi", — dedi Olmo Goal bilan suhbatda.

Dani Olmo 3 yil oldin Zagrebning "Dinamo" jamoasidan "Leyptsig"ga o'tgan edi. O'shandan beri futbolchi "buqalar" safida 106 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urgan va sheriklariga 22 ta samarali uzatma bergan.