"Espanol"ning Robert Levandovskining derbidagi ishtiroki ustidan bergan shikoyati rad etildi.

Eslatib o'tamiz, klub avvalroq La Ligada 3 ta o'yinga diskvalifikatsiya olgan "Barselona" hujumchisining o'yindagi ishtiroki sababli Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) shikoyat xati yuborgan edi. Madrid markaziy sudi polyakning diskvalifikatsiyasini to'xtatib turish to'g'risida qaror chiqardi, natijada u ushbu o'yinda maydonga tusha oldi.

RFEF raqobat qo'mitasi "oq-ko'klar"ning shikoyatini rad etdi. "Espanol" bu qarorga rozi emas va apellyatsiya qo'mitasida e'tiroz bildiradi.