
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning Saudiyaning "An-Nasr" klubiga o'tishi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.“Ronaldu Saudiya Arabistonining eng yaxshi klublaridan biri bilan shartnoma imzoladi, ammo bu yangi sinov. «As-Sadd»ni boshqarganimda Saudiyaning bir qancha jamoalariga qarshi o'yinlarda ishtirok etganman. Bu uning uchun sinov bo'ladi.Saudiya ligasi juda raqobatbardosh, Krishtianu Ronaldu esa raqobatbardosh futbolchi. Ishonchim komilki, u muvaffaqiyatga erishadi va jamoasining g'alabasiga hissa qo'shadi», - deya Xavi.
Fikrlar 0