"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Betis"ni mag'lub etganidan keyin (1:1, pen. 4:2) finaldan umidlari bilan o'rtoqlashdi.

“Men har doim o'ynashni va eng yaxshilarini mag'lub etishni xohlayman. O'ylaymanki, "Real Madrid" hozir eng yaxshilaridan biri", - deya Xavidan iqtibos keltiradi Sport.es.

"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ga qarshi maydonga tushadi. O'yin 15 yanvar kuni bo'lib o'tadi.