
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2022 yilning eng yaxshi yosh futbolchilardan iborat ramziy jamoasini e'lon qildi.Ramziy jamoaga 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar kiritilgan.Ramziy terma jamoa quyidagicha ko'rinish olgan:Darvozabon: Gevin Bazunu («Sauthempton», Irlandiya);Himoyachilar: Pero Inkapie («Bayer», Ekvador), Yoshko Gvardiol («Leyptsig», Xorvatiya), Nunu Mendesh («PSJ», Portugaliya);Yarim himoyachilar: Gavi («Barselonal, Ispaniya), Jud Bellingem («Borussiya D», Angliya), Pedri («Barselona», Ispaniya), Eduardo Kamavinga («Real», Frantsiya);Hujumchilar: Jamal Musiala («Bavariya», Germaniya), Karim Adeemi («Borussiya D», Germaniya), Ansu Fati («Barselona», Ispaniya).

Fikrlar 0