"Milan"ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovich "Barselona"dagi davrlarini yodga oldi.

"Barselona"da men maydondagi eng baland bo'yli futbolchi edim, lekin Iniesta va Xavi to'pni qabul qilib olganida, ular har doim Messini ko'rishadi. Men ularni menga pas bermagani uchun ayblamayman, chunki Messining oyog'iga etib borgan to'p gol yoki assist bilan yakunlanar edi", - dedi Ibrahimovich.