
"Arsenal" "Shaxtyor"dan Mudrikning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, "Barselona" hujumchisi Rafinyani sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqadi.
22 yoshli ukrainalik futbolchi tez orada rasman "Chelsi" futbolchisi sifatida tanishtiriladi. “Ko'klar” hujumchi uchun 70+30 million evro to'laydi. “Arsenal”ga o'tishdan shaxsan Mudrikning o'zi manfaatdor edi, ammo “kanonirlar” “Shaxtyor” talab qilgan summani to'lashdan bosh tortdi.
26 yoshli Rafinya 2022 yilning yozida “Lids”dan “Barselona”ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u 22 ta o'yinda 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar 0