Xavi "Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovichni "Barselona"da ko'rish istagida.
Avvalroq kataloniyaliklar "neradzurri"ga Frank Kesseni Brozovichga almashtirishni taklif qilgani ma'lum bo'lgandi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi 30 yoshli xorvatiyalikning transferidan xursand bo'lardi.
Xaviga Brozovichning JCh-2022dagi o'yin darajasi yoqdi. U futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi, chunki bu transfer amalga oshgan taqdirda Serxio Buskets pozitsiyasida ikkinchi variantga ega bo'ladi.
"Barselona" ehtimoliy almashtirishni qiyin deb hisoblaydi. Sababi Kesse ketmoqchi emas. O'yin vaqti oz bo'lishiga qaramay, ivuarlik "Barselona"da baxtli, u bu erda uni qadrlashlarini his qilmoqda.
Fikrlar 0