Unda etakchi sifatida Braziliyaning “Flamengo” jamoasi ko'rsatildi. O'tgan yili esa ushbu nom Braziliyaning boshqa bir vakili “Palmeyras”ga nasib etgandi. Ular bu safar 2-o'rinda qayd etilgan. Kuchli uchlikka esa “Liverpul” yakun yasagan.

Top-10 quyidagi ko'rinishda:

1. “Flamengo” (Braziliya) – 299 ball;

2. “Palmeyras” (Braziliya) – 284;

3. “Liverpul” (Angliya) – 273;

4. “Chelsi” (Angliya) – 250;

5. “Manchester Siti” (Angliya) – 248;

6. “Real” (Ispaniya) – 247;

7. “Benfika” (Portugaliya) – 228;

8. “Portu” (Portugaliya) – 224;

9. “Leyptsig” (Germaniya) – 220;

10. PSV (Niderlandiya) – 215,5;

11. “Bavariya” (Germaniya) – 208;

……..

16. PSJ (Frantsiya) – 200;

……..

20. “Barselona” (Ispaniya) – 191;

Shuningdek, reytingda O'zbekiston Superligasidan uch klub kiritilgan. “Nasaf” 183-o'rinda qayd etilgan. “So'g'diyona” va “Paxtakor” pastki qatorlardan joy olgan.

Ma'lumot o'rnida, “Nasaf” o'tgan yil 213, “Paxtakor 283-pog'onada qayd etilgan va ro'yxatda O'zbekistondan AGMK (331) ham bor edi.

Osiyo futbol konfederatsiyadagilar orasida etakchi sifatida Janubiy Koreyaning “Chonbuk Xyonde Motors” klubi (42-o'rin) qayd etilgan.

Osiyo klublari:

42. “Chonbuk Xyonde Motors” (J.Koreya) – 165;

99. “Ulsan Xyonde” (J.Koreya) – 121;

115. “Al Hilol” (S.Arabistoni) – 112;

133. “Tegu” (J.Koreya) – 104,75;

150. “Urava Red Daymonds” (Yaponiya) – 98;

161. “Kavasaki Frontale” (Yaponiya) – 93,5;

167. “Al Shabob” (S.Arabistoni) – 91,5;

172. “Bi Ji Patxum Yunayted” (Tailand) – 90,5;

179. “Yokogama F. Marinos” (Yaponiya) – 88,5;

183. “Nasaf” (O'zbekiston) – 87;

……..

249. “So'g'diyona” (O'zbekiston) – 71,5;

……..

390. “Paxtakor” (O'zbekiston) – 57.

Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan “Al Nassr” esa top-500'da yo'q. Umuman Saudiya Arabistonidan reytingda “Al Hilol”, “Al Shabab” bilan birga “Al Taavon” (370) ko'rsatilgan.