"Chelsi" yarim himoyachisi Hakim Ziesh tez orada "Barselona"ga o'tishi mumkin. Sport.es nashrining xabar berishicha, Qatardagi jahon chempionatida yaxshi o'yin ko'rsatgan marokashlikka “ko'k-anorranglilar” yana qiziqish bildirgan.

Futbolchining o'zi ham mavsum o'rtalarida klubini o'zgartirishga tayyorligini anchadan buyon ochiqlab kelgan.

29 yoshli Ziesh "Chelsi"ga taxminan 40 million evroga tushgan edi. Avvalroq, futbolchi bilan Italiya chempioni "Milan" ham qiziqayotgandi.