Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone gollandiyalik hujumchi Memfis Depayning transferi haqida gapirdi.

«Depay klubimizga katta ishtiyoq bilan keldi. U o'zining eng yaxshi formasiga qaytishni xohlaydi. Ishonchim komilki, biz uning «Lion»dagi namunali o'yinini bu erda ham ko'ramiz. U erda Memfis yuqori saviyani ko'rsatdi.

Umid qilamanki, u «Atletiko»da yaxshi o'ynaydi. Depay menga biroz Diego Kostani eslatadi. U hujumda ham, hujumchi ortida ham harakat qila oladi», - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi  Marca nashri.

Ma'lumot uchun, Depayning transferi «matraschilar»ga uch million evroga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.