"Arsenal" va "Barselona"ning sobiq futbolchisi Terri Anri Erik ten Xagning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida gapirdi.

"Arsenal" g'alaba qozonganidan xursandman, ular ikkinchi bo'limdagi o'yinlaridan keyin bunga loyiq edilar, ammo jin ursin, "Manchester Yunayted" Erik ten Xag qo'l ostida juda boshqacha ko'rinishga ega edi. Kuman "Barselona"dan haydalganidan keyin men Laportaga aynan shu murabbiyni tavsiya qildim", - deya frantsuz futboli afsonasidan iqtibos keltiradi The Boot Room.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Angliya chempionatining so'nggi turining markaziy uchrashuvida "Manchester Yunayted"ni 3:2 hisobida mag'lub etgandi.