"Ayaks" darvozaboni Andre Onana klublarda qora tanli darvozabonlarga ishonilmayotganligini aytdi. "Klublar qora tanli darvozabonlarga ishonmayapti. Haqiqat shu. SHunchaki o'zingiz ko'ring, bitta men bunday gap aytmayapman. Men mashg'ulotlar jarayonidagi mutaxassis emasman. Ammo, bu borada klublarda sabablar bor. Tez-tez qora tanli darvozabonlarga koncentraciya etishmayotganini ko'ramiz", - deydi Onana. "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Andre Onana 2015 yildan buyon "Ayaks"ning asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda.