"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Frank Kessieeni Ispaniya jamoasida qolishini aytdi.

"Men uning jamoani tark etish variantini hech qachon o'ylamaganman. Menga Kessie yoqadi. Bu jamoa uchun muhim o'yinchi", — deya Xavi so'zlarini keltiradi Marca.

Joriy mavsumda Kessie “Barselona” safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.