Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi ayollar o'rtasidagi Ispaniya Kubogi 1/8 finalida hujjatda yo'q futbolchilarning maydonga tushganini payqagan. "Barselona"ning "Osasuna"ga (9:0) qarshi o'yinida hujumchi Geys Ferreyra ishtirok etgan. U o'zining sobiq jamoasidagi diskvalifikatsiyani o'tamaganligi sababli bahsda qatnashmasligi kerak edi. "Sevilya"ning "Vilyarreal"ga (1:0) qarshi bahsida esa diskvalifikatsiyasini o'tamagan Nagore Kalderon ishtirok etgan.
Shu boisdan ikki klub turnirdan chetlatildi. Undan tashqari, klublar 1001 evrodan jarima to'lagan. Undan tashqari klublarga 10 kun ichida appelyatsiya kiritish imkoniyati berilgan.
Fikrlar 0