
«Barselona» qishki transfer paytida yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Bunga Ispaniya La ligasi tomonidan moliyaviy halol o'yin qoidasi tufayli joriy qilingan cheklov sabab bo'lmoqda. «Barselona» hujumchi Memfis Depayni «Atletiko»ga transfer qilgach va Jerar Pike futbolchilik faoliyatini yakunlagach, kataloniyaliklar 15-20 million evro atrofidagi pulni tejashdi. Biroq "ko'k-anorranglilar" yanvar yangi futbolchini xarid qilish uchun etarli emas. Yangi xaridlar uchun jamoaning daromadi etarli emas. Yana ham aniqrog'i, klubning xarajatlari ayni paytda me'yoridan ortiq.
Fikrlar 0