
"Atalanta" hujumchisi Rasmus Xeylunn Italiya chempionatini Ispaniya La ligasiga o'zgartirishi mumkin.
El Nacional jurnalistlarining xabar berishicha, 19 yoshli futbolchining transferiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. “Ko'k-anorranglilar” daniyalik hujumchining transferi uchun 40 million evro to'lashga tayyor. Rasmusga kataloniyaliklardan tashqari Angliya Premer-ligasi vakillari ham qiziqish bildirmoqda.
Xeylunn o'tgan yozda Bergamoda jamoasi safiga kelib qo'shilgandi. Italiya A Seriyasining joriy mavsumida hujumchi 15 uchrashuvda 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0