
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya kubogi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yindan so'ng jamoaning o'yinidagi kamchilik haqida gapirdi.
“Jamoada raqib darvozasi oldida tajovuzkorlik etishmayapti. O'yinimizdagi bu jarayon menga unchalik yoqmaydi. Oldinga borib, ikkinchi va uchinchi gollarni urishimiz kerak edi. Vaziyat talab qilganda jamoa yanada tajovuzkor va shijoatli bo'lishi kerak", - dedi Ernandes Marca gazetasiga.
“Barselona” “Real Sosedad”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Yagona gol ikkinchi bo'limda frantsiyalik vinger Usmon Dembele tomonidan kiritildi.
Fikrlar 0