Frantsiyalik sobiq futbolchi Lilian Tyuram o'g'li qaysi klubda o'ynashni istayotganini aytdi.

Markus Tyuram Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. U shu oy yoki yozda klubni tekinga tark etadi.

“Shubhasiz, men farzandlarim uchun eng yaxshisini xohlayman. Markus asta-sekin o'zining avvalgi shon-shuhratiga qaytayotgan "Barselona"da o'ynashni orzu qiladi. Agar u o'sha erda bo'lsa, juda yaxshi bo'lar edi", - deydi Lilian Tyuram RAC1 nashriga.

"Barselona" 25 yoshli hujumchini sotib olmoqchi. Unga "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Inter" klublari ham qiziqish bildirmoqda.