[readimg]https://static.sports.uz/crop/2822bb8193e2abae5bef63401809df1b.jpg[/readimg] "Rostov" bu turni safarda o‘tkazadi Bugundan Rossiya chempionati 17-tur o‘yinlari boshlanadi. 22 noyabr sanasiga bitta uchrashuv belgilangan. Kun doirasidan "Tambov" - "Lokomotiv" bahsi o‘rin olgan. Ertaga esa Eldor Shomurodov jamoasi mehmonda "Dinamo" bilan kuch sinashadi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgangan Vitaliy Denisov jamoasi "Rubin"ni bu tur jiddiy sinov kutmoqda. Chunki "Rubin" o‘z uyida "Zenit" bilan kuch sinashadi. Yana bir hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p tepayotgan "Orenburg" o‘z maydonida "Axmat"ga qarshi bahs yuritadi. Quyida tur o‘yinlari va ularning boshlanish vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin: 22 noyabr 21:30. TAMBOV - LOKOMOTIV 23 noyabr 13:30.ORENBURG- AXMAT 16:00.RUBIN- ZENIT 18:30. DINAMO -ROSTOV 24 noyabr 13:30. UFA - SOChI 16:00. URAL - SPARTAK 18:30. ARSENAL - KRASNODAR 21:00. TsSKA - KRILЬYa SOVETOV Ma’lumot o‘rnida, o‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.