Kataloniya klubi sayti xabariga ko'ra, himoyachi Markos Alonso «Barselona» bilan yangi shartnoma imzoladi.

32 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoa bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish varianti ham ko'zda tutilgan. Futbolchining tovon puli 50 million evroni tashkil qiladi.

Alonsoning kataloniyaliklar bilan joriy shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda «ko'k-anorranglilar» uchun 19 ta o'yinda 2 ta gol urdi.