
Kataloniyaning "Barselona" klubi o'ng qanot himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder David Ornshteyn xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Sporting" qiziqmoqda. Ular Belerin bilan qishning o'zida yoki yozda shartnoma imzolashi noma'lum.
Transfermarkt portali Ektorni 15 million evroga baholagan. U joriy mavsumda 7 ta o'yinda ishtirok etdi.
Fikrlar 0