Usmon Dembele "Jirona"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

"Barselona" La Liganing 19-turida "Jirona" bilan safardagi bahsda g'alaba qozondi - 1:0.

Dembele 22-daqiqada “Jirona” futbolchisini qanotdan tezlikda ortda qoldirib ketishga urinib, chap sonini jarohatlab oldi. 26-daqiqada frantsuz o'rniga Pedri tushdi.

Usmon joriy mavsumda La Liganing 17ta o'yinida 5ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.