Pedri "Barselona" safida so'nggi 4 ta o'yinda 3 ta gol urdi.

Bugun 20 yoshli yarim himoyachi La Liganing 19-turidan o'rin olgan "Jirona"ga qarshi o'yinda (1:0) gol urdi.

Shuningdek, Pedri La Liganing so'nggi turida “Xetafe”ga (1:0) va Ispaniya Superkubogi finalida “Real”ga (3:1) qarshi o'yinda raqiblar darvozasini ishg'ol qilgandi. Ispaniyalik futbolchi faqatgina Ispaniya kubogining 1/4 finalida “Real Sosedad”ga qarshi o'yinda (1:0) gol ura olmadi.

Pedri joriy mavsum La Ligada 5 ta gol urdi. Bu uning turnirdagi eng yaxshi natijasidir. Bungacha Pedri Ispaniya chempionatida 3 tadan ortiq gol urmagandi. U 2020 yildan buyon "Barselona"da o'ynamoqda.