Emre Demir "Barselona"ni tark etdi.

19 yoshli yarim himoyachi "Fenerbaxche"ga o'tdi. U 4,5 yillik shartnoma imzoladi.

Turkiya klubi futbolchi bilan tekinga shartnoma imzoladi. "Barselona" yarim himoyachining keyingi sotuvining 20 foizini oladi.

"Barsa" Demirni 2021 yilda "Kayserispor"dan 2 million evroga sotib olgandi, u mavsum boshlanishidan oldin kataloniyaliklar safiga qo'shildi. Yarim himoyachi "Barselona B" tarkibida 2 ta o'yin o'tkazdi.