Bir kun oldin himoyachi Joau Kanselo Evropaning top-klubini boshqasiga almashtirdi va sotib olish huquqi bilan «Manchester Siti»dan «Bavariya»ga ijaraga o'tdi.

Bild nashrining o'z sahifalarida xabar berishicha, 28 yoshli portugaliyalikning ijarasi tekinga amalga oshadi. Myunxenliklar mavsumning qolgan qismida Kanseluning maoshini o'z zimmalariga olishdi.

Nufuzli transfermarkt portali ekspertlari Joau Kanseluni 70 million evroga baholamoqda.