Yarim himoyachi Serxio Buskets yangi mavsumda "Barselona"da qolishga rozi bo'ldi.

Jurnalist Rojer Saperasning so'zlariga ko'ra, futbolchi qisqa muddatli shartnoma imzolashga tayyor, bu esa hozirgidan kamroq maoshli bo'ladi. U rahbariyatdan qo'ng'iroqni kutmoqda, keyin esa kelajagi haqida qaror qabul qiladi.

Qayd etilishicha, Busketsga MLS va Saudiya Arabistonidan takliflar bor.

Yarim himoyachi bilan amaldagi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.