
"Barselona" Usmon Dembele bilan shartnomani tezroq uzaytirmoqchi.
Hozircha tomonlar o'rtasida muzokaralar olib borilmayapti, biroq Kataloniya klubi unga tayyor, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
"Barselona" Dembelening agentiga qo'ng'iroq qilib, uchrashuv tashkil qilishni so'radi.
"Barselona" imkon qadar tezroq shartnomani uzaytirmoqchi, chunki uning shartnomasidagi tovon puli yozda 100 million evrodan 50 million evroga tushiriladi. Bu mablag' frantsiyalik futbolchiga qiziqayotgan ingliz klublari uchun hamyonbop hisoblanadi.
Fikrlar 0