Braziliyaning "Flamengo" klubi himoyachisi Uesli Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkin. Sport.es xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, "ko'k anorranglilar" rahbariyati ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolashni ustuvor maqsad deb bilishmoqda.

Uesli "Flamengo" safida 2021 yilning yanvaridan beri to'p tepadi. U Braziliya klubi bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga ega.