Ispaniya chempionati 21-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Sevilya" uchrashuvi yakunlandi. Bahsda maydon egalari yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.

Gollarga Jordi Alba, Gavi hamda Rafinya mualliflik qilishdi.

Barselona – Sevilya 3:0 (0:0, 3:0)

6 fevral, 01.00, «Kamp Nou»

Gollar: 1:0 – 58 Alba, 2:0 – 70 Gavi, 3:0 – 79 Rafinya.

Barselona – ter Stegen, Kunde, Kristensen, Arauxo (Alonso, 80), Alba (Balde, 83), Buskets (Kessie, 8), de Yong, Pedri, Gavi (Fati, 80), Levandovski, Rafinya (Ferran Torres, 84).

Sevilya – Bunu, Montel, Gudel, Rekik, Bade, Akunya (Okampos, 65), Oliver Torres (Xil, 46), Rakitich, Jordan, Guye (Fernando, 83), En-Nesiri (Lamela, 46).

Ogohlantirishlar: Rakitich (45), Jordan (75).