"Barselona" La Liga chempionligi uchun kurashda peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Ispaniya chempionatining 20-turida kataloniyaliklar “Sevilya”ni mag'lub etdi (3:0). Bungacha Madridning “Real” klubi safarda “Malorka”ga imkoniyatni boy bergandi (0:1).

Bu natijalardan keyin kataloniyaliklar 53 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Madridliklar 45 ochko bilan ikkinchi o'rinda.

Uchinchi o'rin "Real Sosedad" (39), to'rtinchi o'rin "Atletiko Madrid" (35)ga tegishli.