34 yoshli futbolchi "Sevilya" hujumchisi Yussef En-Nesirini chalishga harakat qilish oqibatida jabr chekdi va o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga 8-daqiqada Frank Kesse maydonga tushirildi. 

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Buskets to'pig'idan jarohat olgan. 

Tajribali xavbek joriy mavsum "Barselona" safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.