Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Chempionlar ligasi pley-off bosqichi qaydnomasidan joy olmagan "Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyang MLSning "Los-Anjeles" klubiga o'tishni istamayapti.

Manbaga ko'ra, 33 yoshli gabonlik futbolchi MLS klubi qiziqish bildirayotganiga qaramay, Evropani tark etish niyatida emas.

Eslatib o'tamiz, Obameyang o'tgan yozda "Barselona"dan 12 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgan edi. Hujumchi joriy mavsumda “ko'klar” safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.