
"Yuventus" italiyalik hujumchi Federiko Keza bilan xayrlashmoqchi emas, deb xabar bermoqda Calciomercato.
Manbaga ko'ra, Turin klubi tarkibni tozalashni istasa-da, u Keza bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, chunki 25 yoshli vinger jamoa etakchilaridan biri sanaladi.
Oldinroq Kezaga "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbolchining "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali Italiya terma jamoasi futbolchisini 60 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Keza jarohati tufayli joriy mavsumda atigi 10 ta uchrashuv o'tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar 0