"Barselona" himoyachisi Jordi Alba 2020 yilda Ernesto Valverde o'rniga jamoani bir necha oy boshqargan bosh murabbiy Kike Seten bilan ishlaganini esladi.

Eslatib o'tamiz, aynan shu murabbiy qo'l ostida “ko'k-anorranglilar" EChL chorak finalida “Bavariya”ga 2:8 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

"Mavsum o'rtasida kelish har doim qiyin. Biz yaxshi o'yinlar o'tkazdik, lekin vaziyat yomonlashganida, ayb nafaqat unda, balki bizda ham edi. Seten yaxshi ish qildi, ammo bu muvaffaqiyatsizliklarda futbolchilar aybdor bo'lishlari mumkin edi", - dedi Alba Barca Universal bilan suhbatda.

"Barselona" La Liganing navbatdagi turida yaqinda Seten boshqarib kelayotgan "Vilyarreal" bilan uchrashadi.