
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoa bosh murabbiyi Xavi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Xavi aql bovar qilmas futbolchi bo'lgani shundoq ko'rinib turibdi. Xavi barchasini to'g'ri bajarayotganini his etish mumkin. Shu bois, biz u tanlagan yo'lning to'g'ri ekaniga ishonamiz va bu yo'lni qo'llab-quvvatlaymiz. O'ylashimcha, futbolchi va murabbiy bo'lish o'rtasida farq bor. Ajoyib futbolchi bo'lish bir ish, ammo zo'r murabbiy bo'lish — umuman boshqa masala. Barchasini esa natijalar ko'rsatib beradi. Xavi nima qilish kerakligini biladi», – dedi Levandovski "Marca"ga bergan intervyusida.
Fikrlar 0