«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes hujumchi Robert Levandovskining etakchilik fazilatlarini yuqori baholadi.

Eslatib o'tamiz, polyak «Osasuna» bilan o'yinda qizil kartochka olgani uchun diskvalifikatsiyani o'tab, 2023 yilda La Ligada ikkita o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'lgandi.

«Levandovski jamoaga etakchilik fazilatlari, g'alaba qozonish mentaliteti va chempionlik odatini olib keladi.

«Mag'lubiyat» so'zi uning boshida yo'q. Robert qolgan futbolchilarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi», - dedi Xavi matbuot anjumanida.

Levandovski 14 gol bilan Ispaniya chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.