"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo "PSJ" sharafini himoya qilayotgan sobiq jamoadoshi Lionel Messining klubga qaytishi haqida gapirdi.

"Agar Leo Messi "Barselona"ga qaytsa, biz juda xursand bo'lamiz. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi va haqiqiy etakchi. Men har doim do'stlarim va oilamga Leo Messi ajoyib ekanini aytaman. U uzoq vaqtdan beri orzu qilgan jahon chempionatida g'alaba qozonganidan juda xursandman", - dedi Arauxo.

Ma'lumot o'rnida Messining parijliklar bilan shartnomasi shu yil yozda yakunlanadi.