"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoasining EChLni tark etishi haqida fikr bildirdi.

"Uyda Chempionlar ligasi madhiyasini tinglaganimda hamon g'azabim keladi. Tarix va buyuklik uchun biz ushbu turnirda ishtirok etishimiz kerak. Biz Evropada bir necha mavsumni omadsiz o'tkazmoqdamiz. Chempionlar ligasi biz uchun bu darajada boshqa jamoalar bilan raqobat qila olamizmi yoki yo'qmi, yaxshi sinovdir" - dedi Xavi.