Xavi Markus Reshfordni Evropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri deb biladi.

"Barselona" bosh murabbiyi "Manchester Yunayted" hujumchisining Evropa ligasi pley-off bosqichining 1-turida “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yin oldidan o'yinini yuqori baholadi.

"U Evropaning eng xavfli hujumchilaridan biri. U tezkor, yakkama-yakka kurashda yaxshi o'ynaydi va biz unga ko'p ergashishimiz kerak.

Shubhasiz, u Evropaning eng yaxshilaridan biri", - dedi Xavi.

“Barselona” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi ertaga, 16 fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.