"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti "Lechche"da ijarada o'ynab, Kataloniya klubiga qaytishi mumkin, deb xabar beradi Sport.es.

Manbaga ko'ra, ispanlar futbolchiga "Kamp Nou"da ikkinchi imkoniyat berishga tayyor, biroq yozda erkin agent sifatida transfer bozorida paydo bo'ladigan Inigo Martines va Evan Ndikni ham ko'rib chiqmoqda.

Umtiti joriy mavsum A Seriyada 12 ta o'yinda maydonga tushgan.