"Arsenal" "Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Rokega e'tibor qaratmoqda, deb xabar beradi UOL.

Avvalroq, futbolchini "Barselona" ham kuzatib borayotgani xabar qilingandi.

Nashrning yozishicha, "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta yosh braziliyalikning transferini ma'qullagan. Braziliya terma jamoasi futbolchini sotishdan kamida 40 million evro olishni rejalashtirgan.

Vitor Rokening tovon puli 100 million evro. Futbolchining "Atletiko Paranaense" bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

2022 yilda 17 yoshli forvard “Atletiko Paranaense” safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.