"Manchester Yunayted" jamoasiga qarshi Evropa Ligasi o'yinida "Barselona" stadioni muxlislar bilan to'lishi kutilmoqda.

Jurnalist Elena Kondis Edoning so'zlariga ko'ra, "Kamp Nou"da 90 mingdan ortiq chipta sotilgan. Shu bilan birga, "qizil iblislar"ning mehmon sektorida 4250 nafar muxlis bo'ladi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta bo'lajak o'yindagi muhitni Chempionlar ligasi o'yini bilan tenglashtirdi.