
Xavi qo'l ostidagi "Barselona" evrokuboklarda 27 foizdan kam g'alaba qozongan.
Kataloniyaliklar bugun Evropa ligasi doirasida “Manchester Yunayted” bilan durang o'ynadi (2:2).
Ispaniyalik mutaxassis 2021 yilning noyabridan beri "blaugrana"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida klub Chempionlar ligasida 2 g'alaba, 2 durang va 4 mag'lubiyat, Evropa ligasida 2 g'alaba, 4 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan.
"Barselona" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi javob uchrashuvi 23 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar 0