
Kecha Kataloniyaning “Barselona” hamda “Manchester Yunayted” klublari o'rtasida Evropa Ligasi 1/16 finalining ilk uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
Qayd etish joizki, ushbu uchrashuv turnir tarixidagi eng ko'p tomoshabin bo'lgan uchrashuv bo'ldi. “Kamp Nou” stadioniga 90 255 nafar muxlis tashrif buyurdi, deya xabar beradi UEFA matbuot xizmati. Avvalgi rekord 2017 yilda “Tottenxem” va Belgiyaning “Gent” jamoalari o'rtasidagi o'yinda qayd etilgan edi. "Uembli"da bo'lib o'tgan uchrashuvga 80 465 kishi tashrif buyurgandi.
"Qizil iblislar" va "ko'k-anorranglilar" o'rtasidagi javob uchrashuvi Manchesterdagi "Old Trafford" stadionida 23 fevrl kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar 0